AsosiyJamiyat

Erkinjon Turdimov qabuliga tasodifan borib qolib, kutilmaganda orzulari amalga oshgan etikdo`z yigit uylandi

'Erkinjon Turdimov qabuliga tasodifan borib qolib, kutilmaganda orzulari amalga oshgan etikdo`z yigit uylandi'ning rasmi

Xabaringiz bor, bir muddat avval ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati hokimi sayyor qabuliga borgan fuqaro va ularning samimiy suhbati aks etgan video keng tarqaldi.

Mazkur videoda imkoniyati cheklangan fuqaro o`ziga nogironlik aravachasi kerakligini aytadi, uning samimiyligi Samarqand viloyati hokimini xursand qilib, Erkinjon Turdimov unga uyini ham ta`mirlab berishlarini, hattoki uylantirib qo`yshlarini ta`kidlaydi.

Jumladan, hokim mas`ullarga "Kosibchilik uchun joy qurib berasan, hamma kerakli jihozlar bilan ta`minlaysan", deya topshiriq beradi.

Yigitning "Bularingiz bermaydi, baribir uxlatadi", degan so`zlari hokimning samimiy kulgusiga sabab bo`ldi. 

Shundan so`ng, oradan hech qancha vaqt o`tmasdan murojaatchi Oybek aravachaga ega bo`ldi. Shuningdek, chiroyli ta`mirlangan uy uni hayajoniga sabab bo`ldi. U video davomida bunday bo`lishini etti uxlab tushiga kirmaganligini aytadi. Yigitning so`zlariga ko`ra, u sayyor qabuldan naf chiqishiga ishonmagan. 

"Bunaka bo`lishi etti uxlab tushimga kirmagan edi ", - degan edi hokim qabuliga borib, orzulari amalga oshgan yigit, o`shanda.

Ayni paytda Qattaqo`rg`on hokimligi Axborot xizmatining xabar berishicha, o`sha suhbat paytida Turdimov uylantirib qo`yishni va`da bergan etikdo`z Oybek Madatov uylandi!

Orzulari amalga oshgan bu oqko`ngil va samimiy yigitga biz ham baxt tilab qolamiz. 

    Boshqa yangiliklar