Toshkent shahri Olmazor tumanida qurilayotgan O`zbekiston Islom sivilizasiyasi markazi qurilishi yuzasidan shartnoma imzolandi. Bu haqda "Daryo" yozmoqda.
Unga ko`ra, 2021 yil 11-oktyabr kuni buyurtmachi Toshkent shahar hokimligining "Yagona buyurtmachi xizmati" IK hamda pudratchi "Trest-12" AJ o`rtasida 2017 yil 27 dekabrdagi shartnomaga o`zgartish kiritilgan.
Shartnomada keltirilgan raqamlarga ko`ra, mazkur markaz qurilishi uchun, taxminan, 1 trillion 723 milliard so`m sarflanadi.
Shuningdek, mazkur mablag`lar 2021 yil 12 oktyabrdagi Markaziy bank kursi bilan hisoblaganda 161,5 million AQSh dollarini tashkil qiladi.