AsosiyJamiyat

“Qamchiq”da “Spark” avtomobili suv o`tkazuvchi inshootga tushib ketdi

'“Qamchiq”da “Spark” avtomobili suv o`tkazuvchi inshootga tushib ketdi'ning rasmi

Joriy yilning 12 oktyabr kuni soat 18:30 larda “Qamchiq” dovonining 240 km. da “Toshkent-Vodiy” yo`nalishida harakatlangan “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, yo`l tagidan suv o`tkazuvchi inshootga tushib ketgan. Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, zudlik bilan voqea joyiga “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong`in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari, Yo`l-patrul xizmati va Tez tibbiy yordam xodimlari etib kelishgan.

Qutqaruvchilar tomonidan maxsus asbob-anjomlar yordamida avtomashinada bo`lgan haydovchi va bir nafar yo`lovchi chiqarib olinib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Shundan so`ng maxsus avtokran yordamida suv o`tkazuvchi inshootdan avtomashina chiqarib olingan. Bu vaqtda YPX xodimlari yo`l harakati xavfsizligini ta`minlaganlar. Qutqaruvchilarning tezkorlik bilan amalga oshirgan harakatlari natijasida ikki inson hayoti saqlab qolingan.

Hozirda shifokorlar tomonidan engil tan jarohati olgan ikkala fuqaroga ham uyga javob berilgan.    

Boshqa yangiliklar