O`zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Bahrom Norqobilov hamda qo`mita huzuridagi “O`zbekchorvanasl” agentligi Bosh direktori Bahtiyor Atamuradovlar Qoraqalpog`istonda bo`lib, Taxiatosh tumanidagi “Taxiatosh jes baliq” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Intensiv usulda baliq etishtirilayotgan mazkur baliqchilik xo`jaligi ayni paytda aholini arzon va sifatli baliq mahsulotlari bilan ta`minlashga hissa qo`shib kelmoqda.
“Taxiatosh jes baliq” MChJ rahbari Z.Bekimbetov bilan bo`lgan suhbat davomida bu erdagi zamonaviy texnologiyalar ko`zdan kechirildi va ish jarayoni bo`yicha batafsil ma`lumotlar berildi.
Qo`mita rahbariyati, shuningdek Nukus shahridagi “Qoraqalpoqbaliqsanoat” MChJda ham bo`lib, korxonadagi ish jarayonlari bilan tanishdi.
U erda amaliyot o`tayotgan Samarqand veterinariya medisinasi instituti Nukus filialining 4-bosqich talabalari bilan samimiy suhbat o`tkazildi.