AsosiyJamiyat

O`zbekiston Pentagon kuchlarini respublika hududiga joylashtirmoqchi emas — Mudofaa vazirligi

'O`zbekiston Pentagon kuchlarini respublika hududiga joylashtirmoqchi emas — Mudofaa vazirligi'ning rasmi

O`zbekiston Pentagon delegasiyasi tashrifi yuzasidan hech qanday so`rov olmagan. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Bahrom Zulfiqorov "Ria Novosti"ga ma`lum qildi, deya yozmoqda "Zamon".

“Bu ma`lumotlarni tasdiqlay olmayman, chunki biz rasmiy tashrif haqida so`rov olmadik. Hozirda rasmiy so`rov yo`q”, – degan Zulfiqorov.

Bundan avval AQSh O`zbekistonga antiterror kuchlarni joylashtirishni reja qilayotgani to`g`risida ma`lumot tarqalgandi. Ammo keyinchalik bu ham O`zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi tomonidan rad etildi. Unga ko`ra, O`zbekiston o`z hududida AQSh kuchlarini joylashtirmoqchi emas.

 

    Boshqa yangiliklar