Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasida Jahon bankining O`zbekistondagi vakolatxonasi loyiha guruhi rahbari Teklu Tesfaye bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuvda “O`zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasini rivojlantirish” loyihasining birinchi bosqichi doirasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Ushbu loyihaning ikkinchi bosqichini amalga oshirishning mexanizmlarini ishlab chiqish bo`yicha fikr almashildi.
Muloqotlar davomida mazkur loyihada infratuzilma va institusional rivojlanish, inson kapitalini rivojlantirish, bu borada tadbirkorlarga qulayliklar yaratish hamda iqlim talablariga mos zamonaviy chorvachilik majmualarini tashkil etishga yuksak e`tibor qaratish lozimligi ta`kidlandi.
Shuningdek, uchrashuv yakunida yangi loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan kelgusida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.