AsosiyJinoyat

Navoiyda zaxiradagi er maydonini sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

'Navoiyda zaxiradagi er maydonini sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo`limi tomonidan viloyat DXX bilan  tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, fuqaro L.Q. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, aslida Navbahor tumani hokimligi zaxirasida bo`lgan 40 sotix er maydonini o`ziga tegishli ekanligini aytib, ushbu er maydonini firibgarlik yo`li bilan 75 mln so`mga sotishga kelishib, 1 700 AQSh dollari va 57 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar