Ijtimoiy tarmoqlarda Guliston davlat universitetining talabalar turar joyida yong`in yuzaga kelganligi aytilmoqda Sirdaryo viloyati FVB Axborot xizmati holatga aniqlik kiritdi.
Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 15 oktyabr kuni soat 21:50da "Guliston davlat universiteti" 2-talabalar turar joyining 3-qavatida tutun sodir bo`lganligi to`g`risida habar kelib tushgan. Zudlik bilan voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong`in-qutqaruvchilari etib borgan.
Aniqlanishicha, qisqa tutashuv natijasida xonaning shiftida o`rnatilgan "Led lampa" chirog`ining polietilen qobig`i erib tutagan.
Sodir bo`lgan voqea natijasida ochiq olov—yong`in hamda insonlarning tan jarohati olish holatlari kuzatilmagan.