"Halqchil yondashuv"ning navbatdagi mehmoni tadbirkor Murod G`ofurov bo`ldi.
U shu vaqtgacha biznes sohasida boshdan kechirgan og`ir qiyinchiliklari haqida so`zlab berdi. Murod G`ofurovning aytishicha, ayni kunda tadbirkorning qadri avvalgidan ancha baland.
"1992 yildan beri biznes sohasidaman. Og`ir qiyinchiliklarni ko`rdik. Tuhmatga qolib, prokuratura eshigida uch yil o`tirdim. O`sha paytlar ertalabgacha nima bo`larkan, yana kim kelarkan eshigimni taqillatib, deb o`ylab turardingiz. Har uch yilda soliq kelardi.
Hozir hammasi elektron bo`lgan, bizning nima ish qilayotganimiz ko`rinib turibdi. Umuman, oxirgi besh yilda juda katta o`zgarishlar bo`ldi. Bir so`z bilan aytganda, tadbirkorning qadri oshdi",–deydi u bugun bemalol gapirishi mumkinligidan quvonib.
O`z vaqtida hayotida katta qiyinchiliklarga uchragan tadbirkor bugungi kunda O`zbekistonda hamma sohaga katta yo`l ochilganini, mehnat qilgan rohatini ko`ra olayotganini baralla ta`kidlaydi.