Joriy yilning oktyabr oyida Seul shahrida (Janubiy Koreya) O`zbekistondagi Interpol MMB, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Janubiy Koreyaning Interpol MMB xodimlarining hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida respublika huquq-tartibot idoralari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi, 168-moddasi 2-qismi bilan belgilangan og`ir jinoyatlarni sodir etganligi uchun respublika huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan xalqaro miqyosda qidiruvda bo`lgan 1991-yilda tug`ilgan shaxs qo`lga olingan. Bu haqda Interpolning O`zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xabar bermoqda.
Olingan ma`lumotlarga asosan, Seulda xizmat safarida bo`lgan O`zbekistonning Interpol MMB va Toshkent viloyati IIBB xodimlari Janubiy Koreya MMB bilan hamkorlikda Interpol kanallari tomonidan katta miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvda bo`lgan yana bir O`zbekiston fuqarosi 1957-yilda tug`ilgan J.N. qo`lga olingan. 2016-yilda J.N. fuqarolarimiz ishonchiga kirib, aldov yo`li bilan Toshkent shahridan ko`chmas mulk xaridida yordam berishini va`da qilib, ulardan olgan pullarni majburiyatlarini bajarmay o`z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Bugungi kunda muzokaralar va O`zbekistondagi Interpolning MMB hamda Toshkent viloyati IIBB JQB xodimlarining hamkorlikdagi tezkor harakatlari tufayli qidiruvdagi ikkala shaxs ham qo`lga olinib, O`zbekiston Respublikasiga topshirildi va endi ular qilmishlari uchun sudda javob berishlariga to`g`ri keladi.






