Kitob tumani “Bog`bon” MFY va Guliston MFY da lo`li millatiga mansub aholi mavjud bo`lib, oilalar soni 110 tani tashkil etadi. Davlat xizmatlari agentligi Kitob tuman DXM va FHDY bo`limi hamkorligida aholi bilan uchrashuv tashkil etildi.

O`rganishlar natijasida mazkur hududda istiqomat qiluvchi 15 nafar fuqarolarning tug`ilishni qayd etish guvohnomalari yo`qligi aniqlandi.
Mutaxassislar tomonidan aholiga huquqiy tushunchalar va maslahatlar berildi. Shuningdek, sayyor tartibda “O`zimiz keldik” loyihasi doirasida 8 nafar fuqarolarga tug`ilganlikni qayd etish to`g`risidagi guvohnomalar topshirildi. 5 nafar fuqarodan nikohni qayd etish bòyicha arizalar olindi.
Bog`bon MFY da istiqomat qiluvchi fuqaro Karaliev Sherzod Niyozalievchning 2012 yilda tug`ilgan farzandiga tug`ilganlik to`g`risida guvohnoma berildi. Bugun ota xursand axir endi farzandi maktabga bora oladi.
E`tiborsizlik tufayli vaqtida olinmagan xujjatlar tuman FXDY bo`limi yomonidan tez orada barfaraf etiladi.






