O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 90 va 117 moddalari va O`zbekiston Respublikasining Saylov kodeksida O`zbekiston Respublikasining barcha fuqarolarining, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning huquq va erkinliklar tengligi kafolatlangan.
Shundan kelib chiqib, kuni kecha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakili hamda O`zbekiston Nogironlar Assosiasiyasi vakillari Toshkent shahar, Mirobod va Yakkasaroy tumanidagi qator saylov uchastkalarida bo`lib, u erdagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar holatini o`rganishdi. Bu haqda Ombudsman axborot xizmati "Darakchi"ga ma`lum qildi
O`rganishlar davomida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun o`z siyosiy huquqlarini to`lakonli amalga oshirish uchun etarlicha sharoitlar yaratilgani, jumladan ularga alohida kabinalar ajratilgani, kirish va chiqish joylarida panduslar joylashtirilgani, ko`rish imkoniyati cheklanganlar uchun brayl alifbosidagi byulleten trafareti bilan ta`minlangani va saylov uchastkalariga surdo tarjimonlar jalb qilingani aniqlangan.