AsosiyJamiyat

Toshkentda 19 yoshli yigit 53 yoshli ayol o`limiga sababchi bo`ldi

'Toshkentda 19 yoshli yigit 53 yoshli ayol o`limiga sababchi bo`ldi'ning rasmi

2021-yil 22-oktyabr kuni taxminan soat 08:10 da Olmazor tumani Qamarniso ko`chasida “Nexia-3” (davlat raqami 01 S 375 JB) avtomobilini boshqarib borgan 2002-yilda tug`ilgan A`lo V. qoidalarni buzgan holda qarama-qarshi harakat yo`nalishiga chiqib ketib, natijada 1958-yilda tug`ilgan Zabixulla X. boshqaruvidagi “Spark” (davlat raqami 10 M 858 GA) avtomobiliga to`qnashgan. Bu haqda IIV xabar bermoqda.

To`qnashuv natijasida etgan shikastlar oqibatida “Spark” avtomobili yo`lovchisi 1968-yilda tug`ilgan Manzura X. hayotdan ko`z yumdi. Marhumaning yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etamiz.

Mazkur fakt asosida Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasida tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Tergov olib borilqmoda.

Boshqa yangiliklar