Belgiya sog`liqni saqlash vaziri Frank Vandenbruk mamlakatda epidemiologik vaziyat yomonlashayotgani sababli aholiga murojaat bilan chiqdi. Bu haqda Politico xabar bermoqda.
Mamlakatda koronavirus tarqalishi tufayli kasallanganlar soni ortmoqda. Vendenbruk aholidan jamoat joylarida majburiy niqob taqishni va masofadan ishlashni rejimiga o`tishini talab qilmoqda.
“Raqamlar juda yomon ko`rinish olgan. Biz to`rtinchi to`lqin qarshisida turibmiz. Tez orada raqamlar yanada o`sishi mumkin”, - dedi Vandenbruk.
Bundan tashqari, sog`liqni saqlash vazirining aytishicha, aholini majburiy emlash bo`yicha qonun ishlab chiqarishni taklif qilgan.
Ma`lumot uchun, hozirgi kunda Belgiyaning katta yoshdagi aholisining 86 foizi to`liq emlangan. Byursselda esa bu ko`rsatkich atiga 67 foizni tashkil etadi.