Samarqand veterinariya medisinasi institutining Nukus filialida “Veterinariya medisinasi va chorvachilikda zamonaviy yutuqlar hamda innovasiyalar” mavzusida Respublika ilmiy va ilmiy-texnik konferensiyasi bo`lib o`tdi.
Unda onlayn shaklda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari, Shuhrat Jabbarov, Samarqand veterinariya medisinasi instituti rektori Xudaynazar Yunusov, Qorako`lchilik va cho`l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, Veterinariya ilmiy-tadkiqot instituti, filial rahbariyati, veterinariya sohasi mutaxassislari va olimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda bugungi kunda Veterinariya va chorvachilik sohasida olib borilayotgan islohotlar, uning ahamiyati, istiqbolda ushbu sohaning ilmiy-uslubiy asoslarini yanada rivojlantirish orqali sohaga innovasion yondashuvlarni keng joriy etish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Anjuman davomida bo`lajak mutaxassislarga talab ortib borayotganligi, sohada mavjud muammolarni chuqur o`rganish va bartaraf etish, mutaxassislar, oliy ta`lim muassasalari professor-o`qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish ilmiy markazlari bilan birgalikda sohani yana rivojlantirish bo`yicha o`zaro tajriba almashish lozimligi ta`kidlandi.
Shuningdek, tadbirda veterinariya va chorvachilik sohasida erishilayotgan yutuqlar alohida e`tirof etildi. Munozaralar davomida muhim taklif va tavsiyalar bildirildi.