11 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati, Termiz shahar hududida istiqomat qiluvchi F.S “102” qisqa raqamiga qo`ng`iroq qilib, ushbu kuni soat 06:30 lar atrofida yashash xonadonida uyqudan uyg`ongan vaqtida bosh qismida bo`lgan bahosi 2.000.000 (ikki million) so`mlik “Honor 10» rusumli telefon apparatini noma`lum shaxs tomonidan o`g`irlab ketilganligini ma`lum qilgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi ma`lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi IIV Kiberxavfsizlik markazining tezkor guruhi tomonidan keng qamrovli tezkor-texnik tadbirlar olib borildi.
Tadbir jarayonida ushbu jinoyatni Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida istiqomat qiluvchi, yollanma ishchi, 1990-y.t., S.X sodir etganligi aniqlandi, uning yonidan ashyoviy dalil tariqasida telefon apparati olib qo`yildi.
S.X.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishildi. S.X.ning yana boshqa turdagi telefon va kompyuter texnologiyalari bilan bog`liq jinoyatlarni sodir etganligi bo`yicha ma`lumotlar olinib, uning boshqa qilmishlari bo`yicha tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.






