“Adolat” sosial-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Bahrom Abduhalimov 405-saylov uchastkasiga oilaviy tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etdi.
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan mazkur saylov uchastkasida ro`yxatga olingan jami saylovchilar soni 2666 nafarni tashkil etadi.






