AsosiyJamiyat

Ilk bor uncha og`ir bo`lmagan jinoyatlarni sodir etganligi uchun jazo muddatini o`tayotgan mahkumlar ham saylovda qatnashadi

'Ilk bor uncha og`ir bo`lmagan jinoyatlarni sodir etganligi uchun jazo muddatini o`tayotgan mahkumlar ham saylovda qatnashadi'ning rasmi

Joriy yilgi Prezident saylovida ilk bor uncha og`ir bo`lmagan yoki ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan jinoyatlarni sodir etganligi uchun jazo muddatini o`tayotgan mahkumlarham qatnashadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tashkil etilgan Matbuot anjumanida Ichki ishlar vaziri Po`lat Bobojonov ma`lum qildi. 

Ma`lum qilinishicha, bugun qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylovda ovoz berish huquqiga ega bo`lgan 8 203 nafar saylovchilar ovoz berish huquqidan foydalanish imkoniyatiga ega. 

Saylov qonunchiligiga ko`ra, saylovga 60 kun qolganda qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylaridagi saylovchilarningovoz berishi uchun jami 18 ta saylov uchastkalaritashkil etildi.

Mazkur saylov jarayonlarida nomzodlar, kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etish huquqiga ega va ular to`siqsiz ichkariga qo`yiladi.

Jazoni ijro etish muassasalari va tergov hisbxonalaridagi saylovchilarning ovoz berish huquqi to`liq ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar