AsosiyJamiyat

Hibsxonalarda saylovchilarga yaratilgan sharoitlar qoniqarlimi? Ombudsman vakili Qoraqalpog`istonni ko`zdan kechirdi

'Hibsxonalarda saylovchilarga yaratilgan sharoitlar qoniqarlimi? Ombudsman vakili Qoraqalpog`istonni ko`zdan kechirdi'ning rasmi

Kuni kecha kuni Ombudsmanning Qoraqalpog`iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Zuxra Reymova O`zbekiston IIV huzuridagi Oltinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi 2-son tergov hibsxonasida tashkil etilgan saylov uchastkasini borib ko`rdi. Bu haqda Ombudsman matbuot xizmati "Darakchi"ga xabar berdi.

Taqdim etilgan ma`lumotlarga ko`ra, saylash huquqiga ega bo`lgan saylovchilar soni 186 nafarni tashkil etib, ulardan 172 nafari erkak va 14 nafari xotin-qizlardir.

Monitoring davomida 78-sonli saylov uchastkasidagi uchastka saylov komissiyasi boshlig`i, uning kotibi va a`zolari uchun ajratilgan maxsus xonalarning tegishli tartibda jihozlangani aniqlangan.

Shuningdek, tez tibbiy yordam ko`rsatish xonasi kerakli tibbiy uskuna va dori vositalari bilan ta`minlanganligi, ovoz berish xonasining belgilangan talablarga asosan jihozlanganligi ma`lum bo`lgan.

Shu kuni Zuxra Reymova O`zbekiston Respublikasi milliy Gvardiyasining Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha boshqarmasida joylashgan saylov uchastkasini ham o`rgangan.

    Boshqa yangiliklar