"Tolibon" harakati tomonidan tuzilgan Afg`onistonning muvaqqat hukumati O`zbekistonga elektr energiyasi bo`yicha qarzlarini to`liq qoplash majburiyatini oladi. Bu haqda O`zbekiston bosh vazirining o`rinbosari, investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov jurnalistlarga bergan intervyusida ma`lum qildi.
Biz energetika sohasiga mas`ul bo`lgan muvaqqat hukumat vakillari bilan vaziyatni muhikama qildik. Ular mavjud bo`lgan barcha qarzlarni to`laydi. Ammo shunga qaramay, biz elektr energiyasi bilan ta`minlashda davom etamiz ", dedi u.
Sardor Umrzoqovning ta`kidlashicha, O`zbekiston Kobulga elektr etkazib berishni bir soat ham to`xtatmagan.
Uning so`zlariga ko`ra, bunday qarorga asosiy sabab qardosh afg`on xalqiga mana shundau og`ir damda yordam ko`rsatish istagidir.






