AsosiyJamiyat

O`zbekistonda korrupsiya ko`p kuzatiladigan lavozimlar ro`yxati shakllantiriladi

'O`zbekistonda korrupsiya ko`p kuzatiladigan lavozimlar ro`yxati shakllantiriladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Korrupsiya darajasini reyting baholash metodikasi asosida davlat organlarida, shu jumladan hududlarda korrupsiya darajasini reyting baholash tizimini joriy etish to`g`risida"gi Qarori muhokamaga qo`yildi.

Unga ko`ra:

  • Keng aholi qatlami, tadbirkorlik sub`ektlari, shu jumladan O`zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar, mahalliy va halqaro ekspertlar o`rtasida so`rovnomalar o`tkazilishi;
  • so`rovnomalar natijalarini tahlil qilish asosida davlat organlari va hududlarda korrupsiyaning tarqalganlik darajasini aniqlash belgilanmoqda.

Shuningdek, baholash natijalari asosida:

  • korrupsiyaning tarqalganlik darajasi reytingi, shu jumladan korrupsiya xavfi yuqori bo`lgan davlat organlari va hududlar ro`yxati shakllantiriladi;
  • baholash natijalari har yili 1 dekabrga qadar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Prezident Administrasiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga kiritiladi;
  • baholash natijalari ommaviy axborot vositalarida, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytlarida e`lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar