«Chorvoq» erkin turistik zonasi direksiyasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Toshkent viloyati Bo`stonliq tumani hokimligi tomonidan turistik jozibadorligi yuqori bo`lgan «Chotqol» dam olish oromgohi“ bino va inshootlari “e-ijro auksion”ga sotuvga qo`yildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Boshlang`ich narxi 12 189 413 552 so`m bo`lgan «Chotqol» dam olish oromgohi“ning bino va inshootlari (er maydoni 9,1 gektar) investision majburiyatlari 24 oy muddatda 200 xonaga mo`ljallangan 3 yulduzli mehmonxona qurish sharti bilan yagona elektron savdo maydonchasida №0761805 lot raqami ostida auksionga chiqarildi.






