AsosiyJamiyat

Narzulla Oblomurodov partiyadoshlarini «tarixiy g`alaba» bilan tabrikladi

'Narzulla Oblomurodov partiyadoshlarini «tarixiy g`alaba» bilan tabrikladi'ning rasmi

Prezidentlikka nomzod, Ekologik partiya etakchisi Narzulla Oblomurodov yakshanba kuni bo`lib o`tgan O`zbekiston prezidenti saylovi natijalari bo`yicha izoh berdi, deya xabar qildi partiya axborot xizmati.

«O`zbekiston ekologik partiyasi birinchi marta prezident saylovida ishtirok etdi. Men shu ishtirokimizning o`zini tarixiy voqea va tarixiy g`alaba deb baholayman va mana shu g`alaba bilan barchangizni chin yurakdan samimiy tabriklayman», — dedi u. 

Ekopartiya etakchisi ovoz berish jarayonida biror qonun buzilishi holatlari kuzatilmaganini ta`kidladi. «Biz kelgusida saylangan Prezidentning barcha g`oya va tashabbuslarini qo`llab-quvvatlagan holda jonajon O`zbekistonimiz taraqqiyoti va xalqimizning porloq kelajagi yo`lida bor kuch va g`ayratimizni ayamasdan mehnat qilishimizni bildiraman», — dedi Narzullo Oblomurodov.

    Boshqa yangiliklar