AsosiyJamiyat

Koronavirusga qarshi vaksina autoimmun kasalligi bor odamlarda ham samara beradi

'Koronavirusga qarshi vaksina autoimmun kasalligi bor odamlarda ham samara beradi'ning rasmi

Amsterdam universitetining Tibbiyot markazi va Sanquin qon banklari tarmog`i hamkorligi doirasida Niderlandiyada o`tkazilgan tadqiqotlar shunday natija ko`rsatdi. Ushbu tadqiqotda vaksinaning immuniteti zaiflashgan odamlarga nisbatan samaradorligi o`rganildi.

Tadqiqot autoimmun kasalligi bor ko`p bemorlarning organizmi vaksinasiyadan keyin sog`lom organizmlar ishlab chiqargan miqdorga deyarli teng miqdorda  antitanachalar ishlab chiqarishini ko`rsatdi.

Tadqiqotga rahbarlik qilgan immunolog Tako Kaupersning so`zlariga qaraganda, tadqiqot kutilganidan ham a`lo natijalar ko`rsatdi. Natijalar Niderlandiya Sog`liqni saqlash vazirligiga topshirilgan.

Sog`liqni saqlash vaziri vazifalarini bajaruvchi Xugo de Yonge qaysi bemorlar COVID-19'ga qarshi qo`shimcha buster dozani olishlari mumkinligi haqidagi qarorni qabul qiladi. Kaupers qo`shimcha in`eksiya olish uchun faqat odamlarning uncha katta bo`lmagan foizigina chaqirilishini kutmoqda.

    Boshqa yangiliklar