"Hududgaz Toshkent" gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati xabar berishicha, jami 3830 ta aholi xonadonlarida va 28 ta korxona hamda tashkilotlarda tabiiy gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.
Qibray tumanini tabiiy gaz bilan ta`minlovchi “Bo`stonliq” GS ning o`tkazuvchanlik quvvatini oshirish hamda hozirgi kunda ma`naviy eskirgan texnologik qurilmalarni almashtirilishi munosabati bilan, 27 oetyabr kuni soat 08:00 dan 30 oktyabr kuni soat 18:00 ga qadar “Bo`stonliq” GS dan tabiiy gaz bilan ta`minlanuvchi quyidagi hududlarda gaz bo`lmasligi haqida ogohlantirilmoqda:
- “Po`lat qadam”;
- “Xo`jaqo`rg`on”;
- “Shalola”;
- “May”;
- “Yangi avlod”;
- “Sharq”;
- “Farhod” BUSh;
- “May shamoli” BUSh;
- “Yulduzcha” BUSh;
- “Turkiston”;
- “Ilg`or”;
- “Mehnat”;
- “Ziyokor”;
- “Yangi hayot”;
- “Madaniyat”;
- “Taraqqiy” MFYlari hududlari.






