AsosiyJamiyat

Andijonda "Nexia" va "Damas" to`qnashdi (video)

'Andijonda "Nexia" va "Damas" to`qnashdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Andijonda "Nexia" va "Damas" ishtirokida YTH sodir bo`lganligi yuzasidan YHXBB ma`lumot berdi.

Joriy yilning 25 oktyabr kuni soat 11:30 larda Andijon viloyati, Xo`jaobod tumani hududidan o`tuvchi avtomobil yo`lida haydovchi, 1982 yilda tug`ilgan O.B. boshqaruvidagi "Nexia" hamda haydovchi 1978 yilda tug`ilgan A.Sh. boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.

Natijada "Damas" rusumli avtomobil yo`lovchisi, 1964 yilda tug`ilgan G.A. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Xo`jaobod tumani IIB YHXG tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar