Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Soliq kodeksiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi joylandi. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiev xabar bermoqda.
Amaldagi kodeksning 378-moddasi (Soliq solinmaydigan daromadlar) soliq to`lovchining uy-joylarini talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari soliq solinmaydigan daromad sifatida qaralishiga oid yangi kichik band bilan to`ldirilmoqda.
Hozirda uyiga talabalarni ijaraga qo`ygani uchun uy egasi kelishilgan ijara summasidan daromad solig`i to`lashi kerak.