2021-2022-o`quv yilida umumta`lim maktablari va akademik liseylarda qo`llanilayotgan darslik va o`quv-metodik qo`llanmalar asosida tavsiya etilgan o`quv adabiyotlar ro`yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e`lon qilindi.
Umumta`lim fanlari bo`yicha saytda keltirilgan adabiyotlar ro`yxati O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o`quv adabiyotlar ro`yxati asosida shakllantirilgan.
Darsliklar ro`yxati bilan https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishishingiz mumkin.