AsosiyJamiyat

Toshkent – Xo`jand – Toshkent xalqaro avtobus yo`nalishida muntazam qatnovlar qayta tiklandi

'Toshkent –  Xo`jand – Toshkent xalqaro avtobus yo`nalishida muntazam qatnovlar qayta tiklandi'ning rasmi

Ushbu yo`nalishda muntazam avtobus qatnovlari har kuni amalga oshiriladi. O`zbekiston tomonidan tashuvchi «Uzautotrans service»  korxonasi «YUTONG» rusumli avtobuslarida yo`lovchilarga xizmat ko`rsatadi.

Tojikiston tomonidan esa tashuvchi "Xolding Aziya Grupp Tadjikistan" ZAO ga qarashli  «VANHOLL» rusumli avtobuslar ushbu yo`nalishda harakatlanadi.  

Ma`lumot uchun, avtobuslar soat 09:00 va 18:00 da Toshkent avtovokzalidan jo`naydi.  

Toshkentdan Xo`jandgacha yo`lkira haqi 100 000 so`m etib belgilangan.

    Boshqa yangiliklar