AsosiyJamiyat

O`zbekiston Rossiyaga COVID-vaksinasiya sertifikatlarini o`zaro tan olish to`g`risidagi hujjatni yuboradi

'O`zbekiston Rossiyaga COVID-vaksinasiya sertifikatlarini o`zaro tan olish to`g`risidagi hujjatni yuboradi'ning rasmi

O`zbekiston noyabr o`rtalarigacha Rossiya bilan COVID-vaksinasiya sertifikatlarini o`zaro tan olish to`g`risidagi hujjatni tayyorlaydi. Bu haqda SES xizmati rahbari Bahodir Yusupaliev ma`lum qildi.

«Keyinchalik, sertifikatlarni o`zaro tan olish masalasini ko`rib chiqish uchun [hujjatni] Rossiya tomoniga yuborish taklif qilinmoqda», — dedi Bahodir Yusupaliev ikki davlat o`rtasida emlash sertifikatlarini o`zaro tan olish muddatlari haqidagi savolga javob berar ekan.

Hujjat standart bo`lib, u ham RF va MDHning boshqa davlatlari, ham uzoq xorij mamlakatlarining emlash sertifikatlarini tan olish uchun tayyorlangan.

    Boshqa yangiliklar