"O`zgidromet" bugun 27 oktyabr kuni bo`lishi kutilayotgan ob-havo haqida ma`lumot berdi.
Unga asosan, bugun kunduz kuni respublika hududi bo`yicha yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi hududlarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 15-20° iliqgacha isiydi.
Poytaxtda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 18-20° iliq atrofida bo`ladi.
"Tog`li hududlarda ham yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat 8-13° iliq bo`ladi",-deyiladi xabarda.






