"Uzbekistan Airways" 2021 yil 3 noyabrdan boshlab har chorshanba kunlari Kievga aviaqatnovlar sonini oshiradi.
Qayd etilishicha, noyabr oyining boshidan aviaparvozlar haftasiga ikki marotaba — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Mazkur yo`nalish bo`yicha aviachiptalar narxi bir tomonga 2 203 229 so`mdan (bagajsiz) va 2 539 315 so`mdan (bagaj bilan), shuningdek, borish va qaytish bo`yicha aviachiptalar 4 149 045 so`mdan (bagajsiz) va 4 771 427 so`mdan (bagaj bilan) boshlanadi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Ta`kidlanishicha, aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali aviachipta xarid qilib olayotganda 3 foizli chegirma taqdim etiladi.






