2021 - 2022 - yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yangihayottumangaz” gaz ta`minoti bo`limi tomonidan “Oqqo`rg`on” ko`chasida joylashgan o`rta bosim D - 76 mm er usti gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, “Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali matbuot xizmatining xabar berishicha, 2021 - yil 28 - oktyabr kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar “Oqqo`rg`on”, Oydin, Ismoilova ko`chalaridagi xonadonlarda hamda ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
Sergeli tumani “Xonabod” mahallasida yangi qurilgan oilaviy poliklinikani gazlashtirish uchun D - 57 mm yangi gaz quvurini, mavjud D - 100 mm o`rta bosim gaz quvuriga ulash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Sergelitumangaz” gaz ta`minoti bo`limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 27 - oktyabr kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha ushbu manzildagi 17 ta ko`p qavatli uydagi 1337 ta xonadon hamda 5 ta ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
Mirobod tumani “Parvona” 1 - tor ko`chasidagi er usti D - 76 mm past bosim gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Mirobodtumangaz” gaz ta`minoti bo`limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 27 - oktyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar ushbu manzildagi 16 ta xonadon hamda 2 ta ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali ta`mirlash ishlari tufayli gaz ta`minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste`molchilaridan uzr so`radi.