AsosiyJamiyat

Cho`lquvarlik yigit 22 yoshda “ metrika” oldi

'Cho`lquvarlik yigit 22 yoshda “ metrika” oldi'ning rasmi

Hech bir inson taqdiri bir-birinikiga o`xshamaydi. Ko`p yillar davomida odamlar hujjasizlik tufayli muammolar girdobida yashadi.

Hujjatbozlik bilan bog`lik zanjir kabi bir-biriga ulangan echimtalab masalalar avomni bog`chaga borishku mayli, o`qishga va tuzuk bir joyda ishlashga, oila qurishga, hatto nafaqaga chiqishga imkon bermagan. Chunki fuqarolikni tasdiqlovchi hujjat yo`q. 

Xuddi shunday muammolar girdobida ulg`aygan   Kasbi tumani Cho`lquvar MFYda istiqomat qiluvchi Rahmatov Shohruh Muzaffar o`g`li ham hayotidagi qiyinchiliklarga nuqta qo`yish uchun mahallasiga murojaat qiladi.  Chunki, yigitning fuqarolik pasporti yo`q... Mahalla mas`ullari yigitni tuman FXDYo bo`limiga yo`naltirishdi. Qizig`i 22 yoshga kirgan barvasta yigitning qachon tug`ilganini bildiruvchi birorta ma`lumot bordir-ku, deya mutaxassislar arxiv hujjatlarini ko`tardilar. Afsuski 22 yoshga kirgan insonning bor yo`qligini tasdiqlovchi birorta hujjat topilmadi. Chunki vaqti zamonida bolaning tug`ilganligi qayd etilmagan. Demak, u tug`ruqxonada tug`ilmagan.

Qashqadaryo DXA mutaxassisilar,   fuqaro arizasini tegishli tartibda ko`rib chiqib, tez fursatlarda unga “metrika” taqdim etdi.

    Boshqa yangiliklar