AsosiyJamiyat

Toshkentda derazadan itarib yuborilgan talaba qizning salomatligi haqida ma`lumot berildi

'Toshkentda derazadan itarib yuborilgan talaba qizning salomatligi haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida tahsil olayotgan talaba-qizning video murojaati haqida xabar qilgan edik. 

Mazkur holat yuzasidan IIBB zo`rovonlikni amalga oshirgan Yu.Bag`ibek qamoqqa olingani haqida ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, jabrlanuvchi qizning salomatligi SSV nazoratiga olingan. Qizga barcha zarur tibbiy yordamlar ko`rsatilib, muolaja jarayonlari davom etmoqda.  

Bemor M. K. joriy yilning 18 oktyabr kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan. Tezkor tekshiruvlar natijasida unga katatravma, qo`shma jarohat, o`ng o`tirgich va qov suyaklarining sinib siljishi,  quymuch suyagining o`ng tomonda sinib qoniqarli turishi, beshinchi bel umurtqasi yon o`sig`ining sinib qoniqarli turishi, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, peshona sohasi ezilib yirtilgan jarohati, travmatik shok ikkinchi darajasi tashxislari qo`yilgan.  

Bemor olib kelinganida peshona sohasiga birlamchi jarrohlik ishlovi berilib, tikilgan. Shokka qarshi amaliyotlar o`tkazilib, markazning  travmatologiya bo`limiga yotqizilgan. Shundan so`ng mazkur bo`limda belgilangan standartlar asosida unda qator terapiya amaliyotlari bajarilgan.  

Shuningdek, har kuni jarohatiga xirurgik ishlov berilgan. Uch kun davomida dinamikada UZI qilingan. Qon tahlillari tekshirilgan. Qo`shimcha mutaxassislar jalb qilingan.  

Hozir bemorning dinamikada ahvoli qoniqarli. Respublika shoshilinch  tibbiy yordam ilmiy markazining tajribali shifokorlari tomonidan muolajalar davom ettirilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar