Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`ining Matbuot kotibining ma`lum qilishicha 27 oktyabr kuni Nurafshon shahar markaziy ko`chasi hududida fuqaro A.D. farzandi 2019 yilda tug`ilgan Elkurbekni avtomashinada yolg`iz qoldirgan. Natijada bola mashinadan tushib, o`zi harakatlangan va uni shu hududda xizmat olib borgan shahar IIB PPX xodimlari ko`rib, yaqinlarini topa olmagach hududiy bo`limga olib borgan.
Oradan hech qancha vaqt o`tmay bolaning otasi IIBga kelib mas`uliyatsizligi oqibatida bo`lgan holat uchun uzr so`rab xodimlarga minnatdorchilik bildirgan va farzandini olib ketgan.
Hurmatli ota-onalar farzanddaringizga e`tiborli bo`ling!






