AsosiyJamiyat

"Qishloqqurilishbank"ning Qashqadaryodagi mansabdorlari bitta qishloqda yashovchi 100 dan ortiq fuqaroga rasmiylashtirilgan 1 milliardlik kreditni o`zlashtirib yubordi

'"Qishloqqurilishbank"ning Qashqadaryodagi mansabdorlari bitta qishloqda yashovchi 100 dan ortiq fuqaroga rasmiylashtirilgan 1 milliardlik kreditni o`zlashtirib yubordi'ning rasmi

Bu haqda "Daryo" muxbiri viloyat prokurori Erkaboy Tojiev tayanib ma`lum qilmoqda.

Ta`kidlanishicha, «Qishloqqurilishbank»ning Ko`kdala filiali mansabdor shaxslari Chiroqchi tumanining Ko`kdala qishlog`ida yashovchi 119 nafar fuqaro nomiga rasmiylashtirilgan salkam 1 milliard so`m kredit mablag`ini o`zlashtirib yuborgan.

Viloyat prokurorining ma`lumot berishicha, 2020—2021 yillarda viloyatda 49 nafar bank xodimiga nisbatan 31 ta jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

"Mikrokreditbank"ning Chiroqchi filiali sobiq boshqaruvchisi Fayziev tadbirkorga ajratilgan 786 million so`m kredit mablag`i qayratilmagan bo`lsa-da, kredit ta`minoti uchun garovga olingan ko`chmas mulkni garovdan chiqarib, kreditni o`zlashtirgan», — degan viloyat prokurori.

E.Tojievning qo`shimcha ma`lumot berishicha, viloyatda sog`liqni saqlash tizimida ham korrupsiya ildiz otgan bo`lib, 2020—2021 yillarda 27 ta jinoyat ishi bo`yicha 28 nafar sog`liqni saqlash tizimi mansabdori javobgarlikka tortilgan.
 

    Boshqa yangiliklar