"Uzbekistan Airways" AJ yo`lovchilar yuqori talabidan kelib chiqqan holda 2021 yilning 31 oktyabridan 2022 yil 20 martiga qadar Toshkent-Namangan-Toshkent yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha qatnovni yo`lga qo`yadi. Bu haqda milliy aviakompaniya Matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, qatnov haftaning har yakshanba kunida amalga oshiriladi
Aviachiptalar quyidagi harakat jadvali bo`yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):
Toshkentdan jo`nab ketish: 19:20
Namanganga kelish: 20:20
Namangan jo`nab ketish: 21:00
Toshkentga kelish: 21:50
Toshkent – Namangan – Toshkent yo`nalishi bo`yicha bagajsiz bir tomonga aviachipta narxi 99343 so`mdan, bagaj bilan esa 111 763 so`mdan boshlanadi. Shuningdek, mazkur yo`nalishdagi borish va ortga qaytish uchun aviachiptalar narxi bagajsiz 173 850 so`mdan, bagaj bilan 198 686 so`mdan boshlanadi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin. Eslatib o`tamiz, aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali aviachipta xarid qilib olayotganda 3 foizli chegirma taqdim etiladi






