AsosiyJamiyat

Biz kuni kecha o`zaro raqobat qilgan bo`lsak, endi jonajon Vatanimiz ravnaqi yo`lida faol hamkorlik qilamiz – Shavkat Mirziyoev prezidentlikka ko`rsatilgan nomzodlar haqida

'Biz kuni kecha o`zaro raqobat qilgan bo`lsak, endi jonajon Vatanimiz ravnaqi yo`lida faol hamkorlik qilamiz – Shavkat Mirziyoev prezidentlikka ko`rsatilgan nomzodlar haqida'ning rasmi

Ayni paytda prezidentlikka qayta saylangan Shavkat Mirziyoev ishtirokida Qishloq xo`jaligida klasterlar faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda. Prezidentlik saylovlaridan keyingi birinchi videoselektor yig`ilishida davlat rahbari saylov jarayonlarida ishtirok etgan va mehnat qilganlarga o`z minnatdorchilik bildirdi, deya xabar bermoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

Fursatdan foydalanib, mening O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishimga o`z ishonchini bildirgan va samimiy qo`llab-quvvatlagan aziz yurtdoshlarimga, ko`pmillatli butun xalqimizga yana bir bor o`zimning cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman”, dedi prezident.

Shavkat Mirziyoev saylovlarni milliy qonunchiligimiz va umume`tirof etilgan xalqaro standartlarga to`la mos holda, yuqori saviyada, ochiq-oshkora, demokratik, sog`lom raqobat va kurash muhitida o`tkazishga katta hissa qo`shgan barcha mutasaddi va faollar va:

  • Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari, saylov uchastkalarining rahbar va a`zolariga, Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Sog`liqni saqlash vazirliklari, viloyat, shahar va tuman hokimliklariga, alohida Qoraqalpog`iston Respublikasi ahliga, barcha tashkilot va idoralar xodimlariga;
  • o`z tabrik va qutlovlarini yo`llayotgan mamlakatimiz jamoatchiligiga, barcha vatandoshlarga ham minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, davlat rahbari muqobillik asosida o`tgan saylovda boshqa partiyalardan ko`rsatilgan nomzodlarning kelgusi faoliyatlariga ham omad tilab: “Biz kuni kecha o`zaro raqobat qilgan bo`lsak, endi barcha orzu-intilish va harakatlarimizni birlashtirib, jonajon Vatanimiz ravnaqi yo`lida faol hamkorlik qilamiz”, deya qo`shimcha qildi. 

O`z ma`ruzasini davom ettirarkan, Shavkat Mirziyoev endi saylovoldi uchrashuvlarda ilgari surilgan strategik dastur – Yangi O`zbekistonni barpo etish, xalqimizning hayotini obod va farovon qilish bo`yicha belgilab olgan maqsad va vazifalarni jadal va izchil amalga oshirish uchun belni mahkam bog`lab, ilgarigidan ham o`n marta ko`p mehnat qilish kerakligini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar