Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, respublikamizda 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida etishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 106,1 trln. so`mni yoki 2020 yilning mos davriga nisbatan 105,4 % ni tashkil etdi.
Etishtirilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 49,6 % ni tashkil qildi.
Mazkur davrda barcha toifadagi xo`jaliklar tomonidan etishtirilgan mahsulotlar:
don ekinlari – 6,3 mln. tonna
sabzavotlar – 7,8 mln. tonna
kartoshka – 2,5 mln. tonna
poliz ekinlari – 1,4 mln. tonna
meva va rezavorlar – 2,1 mln. tonna
uzum – 1,3 mln. tonna






