Joriy yilning 26 oktyabr kuni Xorazm viloyatida soha xodimlari xodimlari tomonidan o`tkazilgan "Reyd"da Urganch tuman, "G`aybu" qishlog`i, "Shoxidonlar" mahallasida yashovchi fuqaro X.J. xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda kelib chiqishi noma`lum bo`lgan jami 125 kg qoramol go`shti mahsulotlari borligi aniqlangan.
Ushbu go`sht mahsulotlari Urganch tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`limi, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasining xulosasiga ko`ra, iste`mol uchun yaroqsiz deb topilib, belgilangan tartibda yo`q qilindi.
Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati IIB PPXvaJTSB Karantin tadbirlarini ta`minlash bo`linmasi hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`limi xodimlari tomonidan fuqaro X.J.ga nisbatan MJtKning 109-moddasiga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.






