Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tizimda ishlayotgan yoki tahsil olayotgan talaba qizlar, ayol xodimlardan ularga nisbatan biron-bir ko`rinishda tegajog`lik, tazyiq yoki zo`ravonlik sodir etilgan bo`lsa yoxud ana shunday nojo`ya xatti- harakatlar tahdidi ostida bo`lsa yoki guvohi bo`lgan bo`lsa, hech ikkilanmay 1006 ishonch telefoni yoki @himoya_otv_bot telegram botiga murojaat qilishlarini so`ramoqda.
Ma`lum qilinishicha, murojaatchining shaxsi va shaxsiy ma`lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi. Zarur bo`lgan barcha yordam ko`rsatiladi, nojo`ya xatti-harakatlarga yo`l qo`ymaslik, sodir etilgan har bir holat bo`yicha qat`iy choralar ko`rilishi ta`minlanadi.






