Bu haqda AOKAda Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi:
O`zbekistonda 38 382 ta ko`p qavatli uy mavjud bo`lib, ulardan 15 120 tasi markazlashgan issiqlik ta`minotiga, 5 588 tasi induvidual issiqlik ta`minotiga ega. Qolgan 17 674 ta ko`p qavatli uy boshqa turdagi loyihasiz isitish moslamalaridan foydalanib kelmoqda.
Respublika miqyosida faoliyat yuritayotgan 20 ta issiqlik ta`minoti korxonasi balansidagi 500 ta qozonxona ish faoliyatida bo`lib, ushbu qozonxonalardagi qozonlar ma`nan eskirgan.
Mavjud 4 500 km issiqlik tarmoqlaridan 2 500 km qismi (60%) ta`mirtalab ahvolda, tarmoq yo`qotishlari esa 40 foizni tashkil etmoqda.
O`tgan mavsumdagi kamchiliklar ta`hlili natijalari asosida hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob`ektlari va ko`p kavatli uy-joy fondini 2021/2022 yillar kuz-qish mavsumiga barqaror ishlashini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori tasdiqlandi.
Qarorga ko`ra 2021 yilda vazirlik tasarrufidagi issiqlik ta`minoti tashkilotlarida jami 578 ta markaziy va mahalliy qozonxonalar hamda issiqlik tarmoqlarida sinov tekshiruv ishlari amalga oshirilib, natijasiga ko`ra 94 ta qozonxonalar, 930 ta qozonlar va 747 km issiqlik tarmoqlari mukammal va joriy ta`mirlanishi belgilab olingan.






