AsosiyJamiyat

Toshkent Politexnika universitetida sodir bo`lgan katta yong`in bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi

'Toshkent Politexnika universitetida sodir bo`lgan katta yong`in bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Bugun, 28 oktyabr kuni soat 13:44 da Toshkent shahar Olmazor tumani Universitet ko`chasida joylashgan oshxonada yong`in sodir bo`ldi. deya xabar bermoqda FVV Axborot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 13:50 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 14:03 da qurshab olindi va soat 14:09 da batamom o`chirildi.

Yong`in oqibatida oshxona binosining 120 m.kv maydoni yonib zararlangan.  

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q.  

Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar