AsosiyJamiyat

Endilikda Surxondaryoda jamoat tartibini saqlashda qoidabuzarlarga elektroshoker qo`llaniladi

'Endilikda Surxondaryoda jamoat tartibini saqlashda qoidabuzarlarga elektroshoker qo`llaniladi'ning rasmi

 Endilikda O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug`iga asosan Surxondaryo viloyatida vazifasiga kirishgan ichki ishlar organlari xodimlari yo`riqnomada ko`rsatilgan holatlarda elektroshok qurilmalarini qo`llashlari mumkin. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, “Skorpion” rusumli elektroshok qurilmasi bugungi kunda amaliyotda foydalanilayotgan rezina tayoq, ya`ni “dubinka”ga o`xshash shaklda ishlab chiqarilgan bo`lib, undan nafaqat elektroshok sifatida, zaruratga qarab “dubinka” sifatida ham foydalanish mumkin.

Elektroshok ta`sirida inson tanasi birinchi soniyada og`riq zarbasini his etsa ikkinchi soniyada mushaklar muvozanati yo`qolishiga olib keladi.

Elektroshokni, keksa yoshdagilar, nogironligi aniq ko`rinib turgan shaxslar, yosh bolalar, hamda homilador ayollarga nisbatan qo`llash taqiqlanadi. Agar ular tomonidan qurolli yoki guruh bo`lib hujum qilganda bu taqiqlarga amal qilinmaydi. Demak, maxsus vositalarni qo`llash, foydalanish va saqlash tartib taomillari xodimlarga ham majburiyat va javobgarlik yuklaydi. Ana shu jihatlarni shaxsiy tarkibga etkazishga bag`ishlangan o`quv yig`ini-amaliy mashg`ulotlar asnosida tashkil etildi.

Jamoat tartibini saqlaydigan inspektorlarning zarur vosita va anjomlar bilan ta`minlanishi ommaviy harakatlarning oldini olish hamda qoidabuzarliklarni zudlik bilan bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi, deyiladi xabarda. 

 

 

    Boshqa yangiliklar