Yo`lovchilarning talablarini inobatga olib, joriy yil ertaga, 29 oktyabrdan boshlab, "Toshkent-Xo`jakent-Toshkent"hamda "Toshkent-Bekobod-Toshkent" yo`nalishida harakatlanayotgan shaharlararo elektropoezdlarning harakat jadvali o`zgartiriladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma`lum qildi.
Unga ko`ra;
"Toshkent -Xo`jakent" yo`nalishida harakatlanadigan 6435 sonli elektropoezdi 29 oktyabrdan soat 13:44 da:
"Xo`jakent-Toshkent" yo`nalishida harakatlanadigan 6436 sonli elektropoezd soat 16:20 da:
"Toshkent - Xo`jakent" yo`nalishida harakatlanadigan 6437-sonli elektropoezdi soat 17:00 da:
"Bekobod-Toshkent" yo`nalishida harakatlanadigan 6449 - sonli elektropoezdi soat 06:55 da:
"Toshkent-Bekobod" yo`nalishida harakatlanadigan 6450-sonli elektro poezdi 2021 yil 2 noyabrdan boshlab, Xovost stansiyasigacha amaldagi jadval bo`yicha, Xovost stansiyasidan soat 19:37 da harakatlanadi.
Izoh: Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.






