AsosiyJamiyat

Surxondaryoda maktab o`quvchilari o`rtasida mushtlashuv sodir bo`ldi. Viloyat IIBning aytishicha...

'Surxondaryoda maktab o`quvchilari o`rtasida mushtlashuv sodir bo`ldi. Viloyat IIBning aytishicha...'ning rasmi

Surxondaryo viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maktab o`quvchilari o`rtasidagi janjal haqidagi video yuzasidan ma`lumot berdi. 

Qayd etilishicha,  Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasining mas`ul xodimlari tomonidan holatni o`rganish ishlari olib borilganida quyidagilar ma`lum bo`lgan. 

2021 yil 26 oktabr kuni soat 15:00 larda Termiz shahar «Mehrabot» mahallasida yashovchi, voyaga etmaganlar shaharning 12-son umimiy o`rta ta`lim maktabining 7-sinf o`quvchisi F.A. hamda shu maktabning 6-sinf o`quvchisi S.Q. lar, tanaffus vaqtida yo`lakda bir-biriga turtinib ketishi oqibatida maktab hovlisida o`zaro janjallashib qolishganligi hamda bir birlari bilan mushtlashganligi aniqlangan. 

https://t.me/MILITSIYA_UZB/44892

"Mazkur holat yuzasidan, hozirda Termiz shahar IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan, mazkur tergovga qadar tekshiruv harakatlari nazoratga olindi, qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar