AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning ayrim hududlarida yomg`ir yog`adi

'Bugun O`zbekistonning ayrim hududlarida yomg`ir yog`adi'ning rasmi

Gidrometeorologiya xizmati markazining xabariga ko`ra, 29 oktyabr kuni Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6° iliq, kunduzi 8-10° iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2°iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 3° sovuq-2°iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar