O`zbekiston fuqarolari Rossiyaga kirgan kundan boshlab 15 kun ichida ro`yxatdan o`tish zaruratidan ozod etilishi mumkin. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Rossiya va O`zbekiston o`rtasidagi kelishuvni ratifikasiya qilish to`g`risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.
Unda ikki davlat fuqarolari o`zaro mamlakatlar hududiga kirgan kundan boshlab 15 kun ichida ro`yxatdan o`tish zaruratidan ozod etilishi ko`zda tutilmoqda.
Eslatib o`tamiz, Rossiya Federasiyasi fuqarolarining O`zbekiston Respublikasi hududida va O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federasiyasi hududida bo`lish tartibi to`g`risidagi hukumatlararo kelishuv 21 may kuni Moskvada va 17 iyun kuni Toshkentda imzolangan.






