Bugun, 29 oktyabr Turkiya respublika kuni. Bugun qardosh mamlakat o`zining respublika deya e`lon qilinganini nishonlamoqda.
Xo`sh, bu kun tarixi qanday?
1923 yil 29 oktyabrda Mustafo Kamol Otaturk Turkiyani respublika deb e`lon qildi, bu voqea sharafiga milliy bayram – Respublika kuni tashkil etildi.
Turkiya Buyuk Millat Majlisi tashkil etilgan 1920 yilning 23 aprelidan beri amalda respublika bo`lgan, biroq Turkiya Respublikasining rasmiy e`lon qilinishi oradan atigi uch yarim yil o`tib amalga oshirilgan. 1923 yil 29 oktyabrda davlatning respublika maqomi e`lon qilindi va uning rasmiy nomi Turkiya Respublikasi tarzida yangray boshladi. Shundan so`ng Turkiya Buyuk Millat Majlisida ovoz berish bo`lib o`tdi, uning natijalariga ko`ra Mustafo Kamol Otaturk Turkiya Respublikasining birinchi Prezidenti bo`ldi.
Mamlakatning hozirgi prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`an boshchiligida mazkur kun har yili keng nishonlanadi. Prezident saroyida tantanali bayram tadbiri o`tkaziladi.
Bugun Turkiya
Turkiya Respublikasi G`arbiy Osiyoda 97% va Janubiy Evropada 3% i bo`lgan davlatdir. Aholisi o`tgan yilgi ko`rsatkichlarga ko`ra, 83 million kishini tashkil etadi va bu bilan aholi soni bo`yicha dunyoda 19-o`rinda turadi. Hududining maydoni esa 783 562 km²ni tashkil etib, hududi bo`yicha esa 36-o`rinni egallagan. Davlat tili - turk tili.
Mavzuga doir: